Ahror Usmonov - Qo'yavering o'ynasin

Ahror Usmonov - Qo'yavering o'ynasin
  • Исполнитель: Ahror Usmonov
  • Песня: Qo'yavering o'ynasin
  • Длительность: 5:33
  • Размер файла: 12.74 МБ
  • Качество: 320 kbps, Stereo
  • Дата релиза: 18 август 2021
Слушать песню
Скачать трек
Скачать песню Ahror Usmonov - Qo'yavering o'ynasin в mp3 или слушать онлайн бесплатно
Текст песни
Shamol sabab, ehtimol,
Tunda eshik g’ichirlar.
Boshlanar mahallada
Har xil pichir-pichirlar.

Sizga nima? Siz uxlang,
Hech ishingiz bo’lmasin.
Kimda kimning ko’ngli bor,
Qo’yavering, o’ynasin. (x2)

Oshiqlarmi, oshiqdek
Mayli, ko’ngil xushlashsin.
Ikki oshiq istasa,
Shamol bilan mushtlashsin. (x2)

O’ksimasin qiz qalbi,
Yigit ra’yi o’lmasin.
Kimda kimning ko’ngli bor,
Qo’yavering, o’ynasin. (x2)

G’iybat qilmang yigitni,
Uyaltirmang qizni ham.
Shunday o’tli muhabbat
Siylab o’tsin sizni ham. (x2)

Bitta sovuq so’z tufayli
Sevgi bog’i so’lmasin.
Kimda kimning ko’ngli bor,
Qo’yavering, o’ynasin. (x2)

Ikki yorti boshi uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G’urur bo’lsin yo’ldoshi. (x2)

Termulishib, bir-birin
Diydoriga to’ymasin.
Kimda kimning ko’ngli bor,
Qo’yavering, o’ynasin. (x2)

Sizga nima? Siz uxlang,
Hech ishingiz bo’lmasin.
Kimda kimning ko’ngli bor,
Qo’yavering, o’ynasin.

Termulishib, bir-birin
Diydoriga to’ymasin.
Kimda kimning ko’ngli bor,
Qo’yavering, o’ynasin.